"Majnun" filmi uch tilda katta ekranlarga chiqadi
Madaniyat2016-02-19 00:00:00
Katta ekranlarga chiqmasidanoq katta shov-shuv va turli mojarolar girdobida qolgan Jahongir Ahmedovning Eldquo;MajnunErdquo; filmi ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda. Tarqalgan rasmlar, filmga oid super treyler rejissyor katta maqsadlarni ko'zlagani, sifatli, mazmunli va kassabop film ishlashga intilganidan darak bermoqda.
Filmga oid yana bir yangilik: Eldquo;MajnunErdquo; nafaqat o'zbek, balki rus va qozoq tillarida ham katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilayapti. Bundan ko'rinib turibdi-ki, ijodkorlar filmni nafaqat o'zbek kino bozorida, balki Qozog'iston va MDH mamlakatlarida ham namoyish etishadi.
Manba: Kun.uz
1781