Arabistonlik millioner nomusga tekkanligi uchun jazodan “antiqa vaj” bilan qutulib qoldi
London sudi huquqshunoslik tarixiga kirishi mumkin bo'lgan qaror chiqardi. Sud hakami 18 yoshli qizning nomusiga tekkan Saudiya arabistonilik 46 yoshli millionerni “u qoqilib, qizning ustiga tushganda, bexosdan u bilan aloqaga kirganini” aytishi bilan qanoatlanib, uni oqladi. Bu haqda The Telegraph nashri ma'lum qildi.
Martin Griffits ismli hakam 30 daqiqalik muhokamadan keyin ayblanuvchining bo'ynidan barcha ayblovlarni bekor qildi. Ayblanayotgan arabistonlik tadbirkor Ehson Abdulaziz u “nimjon” bo'lgani va qizning ustiga yiqilib tushganini aytgan. “Men bilan qiz o'rtasida hech narsa bo'lmadi”, deb o'zini oqladi ayblanuvchi. Tadbirkor DNKsining qiz organizmida aniqlanganini ham u bexosdan yiqilgani bilan tushuntirgan.
Tadbirkorga ayblovlar o'tgan yili qo'yilgan. Ish materiallariga ko'ra, 2014 yil avgustda ayblanuvchi Londondagi kvartirasida jabrlanuvchi qiz divanda uxlayotganda uning nomusiga tekkan.
Qizning aytishicha, u voqea yuz bergan kecha ayblanuvchi bilan tungi klubda tanishgan. Qiz 24 yoshli dugonasi bilan birga bo'lgan. Tanishuvdan keyin millioner qizlarga uning uyiga borishni taklif qilgan. Qizlar rozi bo'lgan.
Jabrlanuvchining aytishicha, ular spirtli ichimlik ichishgan, shundan keyin Abdulaziz uning dugonasi bilan yotoqqa kirib ketgan. Qiz ertalab turib ayblanuvchi uning nomusiga tekkani aniqlagan.
Millionerning aytishicha, u qizga sovuq emasligi uchun futbolka va uyigacha taksi chaqirtirishni taklif qilgan. Uning aytishicha, qizning o'zi uni yoniga tortgan.
Manba: Kun.uz